Shaxsiy

Raqam bir marta sotib olinadi va sizniki bo'lib qoladi — umrbod

Bu raqamga obuna emas. Raqamni siz sotib olasiz va u sizda qoladi: karta yo'qolsa, yangisiga o'sha raqam o'yiladi. Karta, uzuk, braslet — qaysi birini olsangiz ham bitta profil ochiladi.

Flex karta telefonga tegizilmoqda

Raqam

Raqamingizni tanlang

Ismingizning uch harfi, firmangiz yoki shunchaki yoqqan uchtasi. Raqam bo'sh bo'lsa narxini shu yerda ko'rasiz, band bo'lsa — kimda ekanini.

3 harf + 3 raqam · 100 000 so'mdan

Narx qanday chiqadi

100 000 × harflar kamyobligi × raqamlar kamyobligi

  • Tanish so'zlar qimmat turadi: VIP, CEO, OSH, UZB.
  • Uchta bir xil harf yoki raqam ham: AAA, 777.
  • Ketma-ket va oynadek raqamlar oddiysidan qimmatroq: 123, 121.

Ba'zi kombinatsiyalar umuman sotilmaydi — davlat idoralarining qisqartmalari va haqoratli so'zlar.

Narx

Narx uch qismdan iborat

Uchtasi alohida, chunki uchtasi boshqa-boshqa narsa: raqam kamyob, buyum ishlab chiqariladi, profil esa har oy ishlab turadi.

Raqam

Kamyobligiga qarab hisoblanadi. Bir marta to'laysiz — keyin uzaytirish ham, oylik to'lov ham yo'q.

dan100 000so'm · bir marta

Buyum

Karta, uzuk, braslet, avtovizitka, hayvon tegi. Bittasini ham, beshtasini ham olsangiz bo'ladi — bari o'sha bitta raqamni ochadi.

dan120 000so'm · har bir buyum

Qurilmalar va narxlari

Profil

Sahifangiz ochiq turishi bepul. Oylik to'lov — statistika, yig'ilgan kontaktlar va cheksiz havolalar uchun.

Bepul

Premium49 000so'm / oyiga

Oylik to'lov nima uchun

Profil har kuni ishlab turadi: server, domen, zaxira nusxa. Shuning uchun bepul qismi ham, pullik qismi ham bor — raqam esa ikkalasida ham sizniki.

Oddiy

Bepul

Raqam narxiga kiradi

  • Profil sahifasi va QR-kod
  • 5 tagacha havola
  • 5 tagacha xizmat va narxi
  • Kontaktni saqlash tugmasi
  • Umumiy tashriflar soni

Premium

49 000so'm / oyiga

Profilni to'liq ishlatish uchun

  • Cheksiz havolalar
  • Kunlik statistika — qaysi havola, qayerdan ochilgani
  • Yig'ilgan kontaktlar, Excel'ga chiqariladi
  • O'z fon rasmingiz va oltin bezak
  • Sahifadan Flex yozuvi olib tashlanadi

Yiliga 490 000 so'm — ikki oyi bepul

To'lashni to'xtatsangiz profil o'chmaydi — oddiy tarifga qaytadi. Raqam baribir sizda qoladi.

Qutida

Nima keladi

Buyum va profil bir kelib tushadi: qutini ochasiz, tegizasiz, ishlaydi.

Raqamingiz o'yilgan buyum
Ism va raqam lazerda o'yiladi, ustiga bosilmaydi: bo'yoq o'chadi, o'yiq o'chmaydi.
flex-nfc.uz/AAA777 manzili
Profilingiz shu manzilda turadi. Xabarga tashlangan havola ham, buyumni tegizish ham o'sha sahifani ochadi.
Orqasida QR-kod
NFC'si yopiq yoki eski telefonlar uchun. Tegizgan odam hech narsa o'rnatmaydi.
Kabinet
Havolalar, xizmatlar, rasm — o'zingiz o'zgartirasiz. Buyum o'sha buyum bo'lib qoladi, ichidagi ma'lumot yangilanadi.

Toshkent bo'ylab yetkazib beramiz. To'lov — Payme.

Ko'p so'raladi

Buyurtma

Uch qadamda tugaydi

Raqamni tanlaysiz, buyumni tanlaysiz, to'laysiz. Qolganini biz qilamiz.

  1. 1

    Raqamni band qilasiz

    To'lov kutilayotgan vaqtda o'sha raqam boshqa hech kimga sotilmaydi.

  2. 2

    Buyumni tanlaysiz

    Karta, uzuk, braslet yoki bir nechtasi. Ism va raqam o'yiladi.

  3. 3

    To'laysiz

    Payme orqali. To'lov o'tgach raqam sizga o'tadi, buyum tayyorlanadi.

Tanlangan raqam

Avval raqamni tanlang

Raqamni tekshirish

Buyurtma kabinetda rasmiylashtiriladi.