Maxfiylik siyosati
Oxirgi o'zgarish
Bu sahifa Flex qanday ma'lumotlarni yig'ishini, nima uchun yig'ishini va ular kimga ko'rinishini tushuntiradi. Qisqasi: profil — ochiq sahifa va unda nima turishini o'zingiz belgilaysiz; qolgani xizmat ishlashi uchun zarur bo'lgan eng kam ma'lumot.
Ushbu hujjatning asl matni o'zbek tilida tuzilgan. Rus va ingliz tilidagi versiyalar qulaylik uchun berilgan; nizo yuzaga kelganda o'zbek tilidagi matn asosiy hisoblanadi.
01Qanday ma'lumotlar yig'iladi
Hisob uchun: telefon raqamingiz yoki elektron pochtangiz. Ular kirish va buyurtmani sizga bog'lash uchun kerak.
Profil uchun: ism, tavsif, havolalar, xizmatlar va rasm. Bularni o'zingiz kiritasiz va o'zingiz o'zgartirasiz.
Buyurtma uchun: yetkazib berish manzili va aloqa raqami.
Biznes so'rovi shaklidan: kompaniya nomi, ism, telefon, nuqtalar soni va izoh. Shakl faqat siz to'ldirgan maydonlarni yuboradi.
Profil tashriflari hisoblanadi. Obuna tarifida bu statistika profil egasiga ko'rinadi.
Profilga kontakt qoldirsangiz, siz yozgan ism va telefon profil egasiga ko'rinadi va u tomonidan chiqarib olinishi mumkin. Bu ma'lumot faqat siz o'zingiz qoldirganingizda saqlanadi.
02Profil — ochiq sahifa
Raqam ochadigan profil — izlab topiladigan ochiq sahifa. Unda turgan hamma narsani istalgan odam ko'radi, shuning uchun unga faqat ko'rinishini istagan narsangizni qo'ying.
Telefon raqamini yashirib, faqat xabar yoki Telegram tugmasini qoldirish mumkin.
03Nima uchun kerak
Yig'ilgan ma'lumot faqat xizmatni ko'rsatish uchun ishlatiladi: hisobga kirish, buyurtmani yetkazish, obunani hisoblash va profilni ko'rsatish.
Ma'lumotlar sotilmaydi va reklama uchun uchinchi shaxslarga berilmaydi.
06Saqlash va o'chirish
Profil ma'lumotlari siz ularni o'zgartirgan yoki o'chirgangacha saqlanadi. Profilni istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin.
Raqamni boshqa odamga o'tkazganingizda profil ma'lumotlari o'chiriladi va yangi egaga o'tmaydi.
Buyurtma va to'lov yozuvlari qonun talab qilgan muddat davomida saqlanadi.
07Murojaat
Ma'lumotlaringiz bo'yicha savol yoki ularni o'chirish talabi bo'lsa, aloqa sahifasidagi manzillarga yozing. Har bir murojaat bir ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.