Biznes uchun
Mehmon tegizadi — kerakli sahifa ochiladi
Stol, xona, usta o'rindig'i yoki shifokor eshigi. Har biriga alohida NFC belgisi qo'yiladi va har biri o'z sahifasini ochadi. Mehmon hech qanday ilova o'rnatmaydi — telefonini tegizadi, tamom.
Qanday ishlaydi
Bitta obyekt, ko'p nuqta
Nuqta — bu stol, xona, eshik yoki kabinet. Har birining o'z belgisi va o'z sahifasi bor, hammasi bitta paneldan boshqariladi.
Nuqta
Stol 1–20, xona 101–250, eshik, basseyn. Har biri alohida manzil, shuning uchun so'rov qayerdan kelganini tizim o'zi biladi — mehmon aytib o'tirmaydi.
So'rovlar qutisi
Ofitsiantni chaqirish, xonani tozalash, yozilish, izoh. So'rovga nuqta o'zi biriktiriladi va u Telegram'ga tushadi.
Hisobot
O'rtacha necha daqiqada javob berilgan, eng uzoq kim kutgan, qaysi stol ko'p chaqirgan va qaysi soatlarda gavjum.
Nuqta — stol
Kafe va restoran
Stol ustidagi taglikda yoki stikerda NFC va QR. Mehmon o'tirgan joyida menyuni ochadi.

Narxi
149 000so'm / oyiga
15 tagacha stol. Taglik va stikerlar alohida, bir martalik.
Mehmon ko'radi
- Menyu: bo'limlar, rasm, narx, tarkib va allergenlar
- O'zbekcha, ruscha, inglizcha — mehmon o'zi tanlaydi
- Ofitsiantni chaqirish va hisobni so'rash
- Baho va izoh qoldirish
- Wi-Fi paroli — terilmaydi, tegizilganda ulanadi
Egasiga nima beradi
- Narxni o'zgartirish bir daqiqa va bepul. Menyuni qayta chop ettirish yo'q.
- Stop-list: bugun yo'q taom bitta tugma bilan yopiladi.
- Norozi izoh avval sizga keladi — mehmon hali zalda, muammoni hal qilib bo'ladi. Google xaritasiga yozilganini esa o'chirib bo'lmaydi.
- Qaysi stol ko'p chaqiradi, qaysi taom ko'p ochiladi — har stol bo'yicha alohida.
Nuqta — xona
Mehmonxona
Xonadagi taglik yoki eshikdagi teg. Charm papkani almashtiradi va har mavsumda qayta chop etilmaydi.

Narxi
299 000so'm / oyiga
40 tagacha xona. Kattaroq mehmonxona bilan narxni gaplashamiz.
Mehmon ko'radi
- Wi-Fi paroli — telefon o'zi ulanadi
- Chiqish va nonushta vaqti
- Xonaga xizmat menyusi
- Tozalash, kir yuvish, taksi, uyg'otish so'rovi
- Shahar bo'yicha yo'riqnoma — uch tilda
Egasiga nima beradi
- So'rovga xona raqami o'zi biriktiriladi. Resepshn qayta so'ramaydi.
- Bajarildi / kutilmoqda holati va kim qancha kutgani.
- Farrosh eshikdagi tegga telefonini tegizadi — xona vaqti bilan «tozalangan» bo'lib belgilanadi. Qog'oz varaq ham, alohida qurilma ham kerak emas.
- Restoran va spa bronlari o'sha paneldan ko'rinadi.
Nuqta — usta o'rindig'i
Go'zallik saloni va sartaroshxona
Har bir usta o'rindig'i yonida o'z belgisi. Mijoz o'sha ustaning narxlarini va ishlarini ko'radi.

Narxi
149 000so'm / oyiga
15 tagacha o'rindiq. Katta salon uchun keyingi bosqich.
Mehmon ko'radi
- Xizmatlar va narxlar ro'yxati
- Ustaning profili va ishlari — rasmlar bilan
- Bo'sh vaqtlar va yozilish so'rovi
- Izoh va baho
- Instagram va Telegram kanaliga havola
Egasiga nima beradi
- Narx va xizmatlarni o'zingiz tahrirlaysiz — dizaynerga murojaat yo'q.
- Yozilish so'rovlari bitta qutida, ustaga biriktirilgan holda.
- Qaysi usta ko'p ochilgan va ko'p yozilish olgan — ish taqsimoti raqamda ko'rinadi.
- Usta ishdan ketsa, o'rindiq belgisi yangisiga o'tadi. Yangi stiker chop etilmaydi.
Nuqta — shifokor eshigi
Klinika va stomatologiya
Qabulxonada va har bir kabinet eshigida. Bemor navbatda turib shifokorni va tayyorgarlikni o'qiydi.

Narxi
149 000so'm / oyiga
15 tagacha kabinet. Ko'p filialli klinika uchun alohida hisob-kitob.
Mehmon ko'radi
- Shifokor profili: mutaxassisligi, tajribasi, ish vaqti
- Xizmatlar va narxlar — telefonda so'ramasdan
- Qabulga yozilish so'rovi
- Tahlilga tayyorgarlik: nima qilinadi, nima qilinmaydi
- Izoh va baho
Egasiga nima beradi
- Narx va shifokor jadvalini o'zingiz tahrirlaysiz.
- Yozilish so'rovlari kabinet bilan birga keladi va Telegram'ga tushadi.
- Registratura telefonda bir xil savolga kun bo'yi javob bermaydi — javob eshikda turadi.
- Qaysi shifokor va qaysi xizmat ko'p ochilgani ko'rinadi.
Narx
O'rin uchun emas, obyekt uchun
To'lov obyekt uchun olinadi va nuqta soniga qarab bosqichga tushadi. Xodim soni narxga ta'sir qilmaydi. Qurilmalar — taglik, stiker, teg — alohida va bir martalik.
15 nuqtagacha
149 000so'm / oyiga
40 nuqtagacha
299 000so'm / oyiga
40 dan ortiq
Kelishiladi
Tarmoq yoki katta obyekt — brend, qurilma va hisob-faktura bo'yicha gaplashamiz.
Jamoa uchun
Obyekt emas, xodimlar kerakmi
Xodimlaringizga bir xil brend bilan raqam va NFC karta chiqaramiz. Tadbirda yig'ilgan kontaktlar bitta panelda ko'rinadi.

29 000so'm
bir o'ringa, oyiga. Eng kami 5 o'rin.
- O'rin sotib olinadi, odam emas.
- Xodim ketsa o'rin bo'shaydi va keyingisiga beriladi. Qayta to'lov yo'q.
- Raqam firmaniki.
- Xodim ketganda uning ma'lumoti o'chadi, raqam va karta firmada qoladi.
- Kartani o'zingiz brendlaysiz.
- Logotip, rang, lavozim. Hammasi bitta ko'rinishda chiqadi.
So'rov
Obyektingiz uchun hisob-kitob
Bir ish kuni ichida bog'lanamiz va aniq narxni aytamiz.