Biznes uchun

Mehmon tegizadi — kerakli sahifa ochiladi

Stol, xona, usta o'rindig'i yoki shifokor eshigi. Har biriga alohida NFC belgisi qo'yiladi va har biri o'z sahifasini ochadi. Mehmon hech qanday ilova o'rnatmaydi — telefonini tegizadi, tamom.

Qanday ishlaydi

Bitta obyekt, ko'p nuqta

Nuqta — bu stol, xona, eshik yoki kabinet. Har birining o'z belgisi va o'z sahifasi bor, hammasi bitta paneldan boshqariladi.

  • Nuqta

    Stol 1–20, xona 101–250, eshik, basseyn. Har biri alohida manzil, shuning uchun so'rov qayerdan kelganini tizim o'zi biladi — mehmon aytib o'tirmaydi.

  • So'rovlar qutisi

    Ofitsiantni chaqirish, xonani tozalash, yozilish, izoh. So'rovga nuqta o'zi biriktiriladi va u Telegram'ga tushadi.

  • Hisobot

    O'rtacha necha daqiqada javob berilgan, eng uzoq kim kutgan, qaysi stol ko'p chaqirgan va qaysi soatlarda gavjum.

Nuqta — stol

Kafe va restoran

Stol ustidagi taglikda yoki stikerda NFC va QR. Mehmon o'tirgan joyida menyuni ochadi.

Kafe va restoran

Narxi

149 000so'm / oyiga

15 tagacha stol. Taglik va stikerlar alohida, bir martalik.

Mehmon ko'radi

  • Menyu: bo'limlar, rasm, narx, tarkib va allergenlar
  • O'zbekcha, ruscha, inglizcha — mehmon o'zi tanlaydi
  • Ofitsiantni chaqirish va hisobni so'rash
  • Baho va izoh qoldirish
  • Wi-Fi paroli — terilmaydi, tegizilganda ulanadi

Egasiga nima beradi

  • Narxni o'zgartirish bir daqiqa va bepul. Menyuni qayta chop ettirish yo'q.
  • Stop-list: bugun yo'q taom bitta tugma bilan yopiladi.
  • Norozi izoh avval sizga keladi — mehmon hali zalda, muammoni hal qilib bo'ladi. Google xaritasiga yozilganini esa o'chirib bo'lmaydi.
  • Qaysi stol ko'p chaqiradi, qaysi taom ko'p ochiladi — har stol bo'yicha alohida.

Nuqta — xona

Mehmonxona

Xonadagi taglik yoki eshikdagi teg. Charm papkani almashtiradi va har mavsumda qayta chop etilmaydi.

Mehmonxona

Narxi

299 000so'm / oyiga

40 tagacha xona. Kattaroq mehmonxona bilan narxni gaplashamiz.

Mehmon ko'radi

  • Wi-Fi paroli — telefon o'zi ulanadi
  • Chiqish va nonushta vaqti
  • Xonaga xizmat menyusi
  • Tozalash, kir yuvish, taksi, uyg'otish so'rovi
  • Shahar bo'yicha yo'riqnoma — uch tilda

Egasiga nima beradi

  • So'rovga xona raqami o'zi biriktiriladi. Resepshn qayta so'ramaydi.
  • Bajarildi / kutilmoqda holati va kim qancha kutgani.
  • Farrosh eshikdagi tegga telefonini tegizadi — xona vaqti bilan «tozalangan» bo'lib belgilanadi. Qog'oz varaq ham, alohida qurilma ham kerak emas.
  • Restoran va spa bronlari o'sha paneldan ko'rinadi.

Nuqta — usta o'rindig'i

Go'zallik saloni va sartaroshxona

Har bir usta o'rindig'i yonida o'z belgisi. Mijoz o'sha ustaning narxlarini va ishlarini ko'radi.

Go'zallik saloni va sartaroshxona

Narxi

149 000so'm / oyiga

15 tagacha o'rindiq. Katta salon uchun keyingi bosqich.

Mehmon ko'radi

  • Xizmatlar va narxlar ro'yxati
  • Ustaning profili va ishlari — rasmlar bilan
  • Bo'sh vaqtlar va yozilish so'rovi
  • Izoh va baho
  • Instagram va Telegram kanaliga havola

Egasiga nima beradi

  • Narx va xizmatlarni o'zingiz tahrirlaysiz — dizaynerga murojaat yo'q.
  • Yozilish so'rovlari bitta qutida, ustaga biriktirilgan holda.
  • Qaysi usta ko'p ochilgan va ko'p yozilish olgan — ish taqsimoti raqamda ko'rinadi.
  • Usta ishdan ketsa, o'rindiq belgisi yangisiga o'tadi. Yangi stiker chop etilmaydi.

Nuqta — shifokor eshigi

Klinika va stomatologiya

Qabulxonada va har bir kabinet eshigida. Bemor navbatda turib shifokorni va tayyorgarlikni o'qiydi.

Klinika va stomatologiya

Narxi

149 000so'm / oyiga

15 tagacha kabinet. Ko'p filialli klinika uchun alohida hisob-kitob.

Mehmon ko'radi

  • Shifokor profili: mutaxassisligi, tajribasi, ish vaqti
  • Xizmatlar va narxlar — telefonda so'ramasdan
  • Qabulga yozilish so'rovi
  • Tahlilga tayyorgarlik: nima qilinadi, nima qilinmaydi
  • Izoh va baho

Egasiga nima beradi

  • Narx va shifokor jadvalini o'zingiz tahrirlaysiz.
  • Yozilish so'rovlari kabinet bilan birga keladi va Telegram'ga tushadi.
  • Registratura telefonda bir xil savolga kun bo'yi javob bermaydi — javob eshikda turadi.
  • Qaysi shifokor va qaysi xizmat ko'p ochilgani ko'rinadi.

Narx

O'rin uchun emas, obyekt uchun

To'lov obyekt uchun olinadi va nuqta soniga qarab bosqichga tushadi. Xodim soni narxga ta'sir qilmaydi. Qurilmalar — taglik, stiker, teg — alohida va bir martalik.

  • 15 nuqtagacha

    149 000so'm / oyiga

  • 40 nuqtagacha

    299 000so'm / oyiga

  • 40 dan ortiq

    Kelishiladi

    Tarmoq yoki katta obyekt — brend, qurilma va hisob-faktura bo'yicha gaplashamiz.

Hisob-kitob so'rash

Jamoa uchun

Obyekt emas, xodimlar kerakmi

Xodimlaringizga bir xil brend bilan raqam va NFC karta chiqaramiz. Tadbirda yig'ilgan kontaktlar bitta panelda ko'rinadi.

Obyekt emas, xodimlar kerakmi

29 000so'm

bir o'ringa, oyiga. Eng kami 5 o'rin.

O'rin sotib olinadi, odam emas.
Xodim ketsa o'rin bo'shaydi va keyingisiga beriladi. Qayta to'lov yo'q.
Raqam firmaniki.
Xodim ketganda uning ma'lumoti o'chadi, raqam va karta firmada qoladi.
Kartani o'zingiz brendlaysiz.
Logotip, rang, lavozim. Hammasi bitta ko'rinishda chiqadi.
Jamoa uchun so'rov

So'rov

Obyektingiz uchun hisob-kitob

Bir ish kuni ichida bog'lanamiz va aniq narxni aytamiz.

Stol, xona, o'rindiq yoki kabinet — taxminan

Yoki hoziroq qo'ng'iroq qiling: +998 97 724 79 99